08:34 / 19.10.2021
4198
Deputat yordamchisining maqomi belgilandi

“Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

“Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a'zosining maqomi to‘g‘risida”gi qonun deputat yordamchisi haqidagi 94-modda bilan to‘ldirildi. Unda belgilanishicha, deputat o‘zini deputatlikka nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan aloqasini saqlab turish hamda o‘z saylov okrugidagi faoliyatini samarali tashkil etish uchun yordamchiga ega bo‘lishga haqli.

O‘zbekistonning 18 yoshga to‘lgan fuqarosi deputatning yordamchisi bo‘lishi mumkin. Uni ishga qabul qilish deputatning taqdimnomasiga ko‘ra deputatning vakolatlari davriga tuziladigan muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Shartnoma deputatning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda tugatilishi mumkin.

“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonundan Qonunchilik palatasi deputatining vakili to‘g‘risidagi 142-modda chiqarib tashlandi.

 

Top