19:30 / 21.10.2021
7269
Qirg‘izistonda shahar hokimlarini saylash bekor qilindi

Endilikda rayonlar rahbarlari hukumat taqdimotiga asosan prezident tomonidan tayinlanadi. Oblast va respublika ahamiyatiga ega shaharlar hokimlarini ham prezident tayinlaydi.

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov shahar hokimlarini saylashni bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Endilikda rayonlar rahbarlari hukumat taqdimotiga asosan prezident tomonidan tayinlanadi. Oblast va respublika ahamiyatiga ega shaharlar hokimlarini ham prezident tayinlaydi.

Japarov qonunni imzolar ekan, bundan buyon hokimlar joylardagi hal qilinmagan muammolar uchun boshlari bilan javob berishi haqida ogohlantirdi, deb yozadi “24.kg”.

Ilgari Qirg‘izistonda oblast ahamiyatidagi shaharlar hokimlari mahalliy kengashlar deputatlari tomonidan saylanardi.

Top