17:25 / 02.11.2021
8047

Boks. Nodirjon Mirzahmedov chorakfinalda qozog‘istonlik bokschiga mag‘lub bo‘ldi

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Serbiyada davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida Nodirjon Mirzahmedov chorakfinal jangini o‘tkazdi.

-48 kg vaznli bokschimiz jahon chempionati chorakfinalida qozog‘istonlik Temirtas Jussupovga qarshi jang o‘tkazdi va imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:5).

Natijada, O‘zbekiston milliy jamoasi turnirdagi dastlabki medalni naqd qilish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Nodirjon Mirzahmedov avvalgi bosqichda irlandiyalik Rikki Nesbitt ustidan g‘alaba qozongan edi.

Ma'lumot uchun, bugun, 2 noyabr kuni yana 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi:

  • -60 kg: Abdumalik Halokov - Vsevolod Shumko (Rossiya) (17:50 dan so‘ng)
  • -75 kg: Saidjamshid Jafarov - Viparon Jongjoxo (Tailand) (19:15 dan so‘ng)
  • +92 kg: Lazizbek Mullojonov - David Chaloyan (Armaniston) (20:15 dan so‘ng)
  • -63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Endi Kruz (Kuba) (22:55 dan so‘ng)
  • -92 kg: Madiyar Saidrahimov - Lyuis Uilyams (Angliya) (00:40 dan so‘ng).
Mavzuga oid
Top