Bangkokda ötayotgan boks böyiça Osiyo çempionatida bugun yarim final janglari bölib ötmoqda. Erkaklar örtasidagi kunduzgi bahslar doirasida özbekistonlik uç nafar boksçi ringga kötarilib, uçalasi ham final yöllanmasini qölga kiritişdi.

Dastlab -49 kg vazn toifasida Nodirjon Mirzahmedov qirğizistonlik Mirlan Turkbai Uuluga qarşi jang qilib, oçkolar böyiça ğalabani qölga kiritdi va Özbekiston terma jamoasiga ilk final yöllanmasini taqdim etdi. Mirzahmedov bunga qadar yaponiyalik va laoslik raqiblarini mağlubiyatga uçratgandi.

Foto: Özbekiston boks federatsiyasi

Nodirjondan söng, -56 kg vazndagi Mirazizbek Mirzaxalilov ham filippinlik Pedres Bautista bilan jangda hakamlarning turliça qarorlari bilan oçkolar hisobida raqibidan ustun kelib, hal qiluvçi bosqiçga ötdi.

Foto: Özbekiston boks federatsiyasi

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi harbiy sportçisi hisoblanuvçi Sanjar Tursunov (-91 kg) jamoadoşlarining muvaffaqiyatli seriyasini davom ettirdi. Iordaniyalik Hussayn Iaşaiş bilan jang qilgan Tursunov oçkolar böyiça ustun keldi va ertaga oltin medal uçun ringga kötariladigan böldi.

Foto: Özbekiston boks federatsiyasi