15:11 / 02.11.2021
3905
Toshkent shahrida uy-joy uchun subsidiyaga arizalarni qabul qilish to‘xtatildi - DXA

Toshkent shahrida subsidiya uchun arizalarni qabul qilish to‘xtatildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar bermoqda.

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-sonli "Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori bilan fuqarolarga subsidiya ajratilib kelinadi. 

Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahri uchun tasdiqlangan manzilli dasturga asosan belgilangan subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha shahar komissiyasining ijobiy xulosalari berildi. 

“Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 45-bandiga asosan, subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha komissiyalarning taqdimnomasiga ko‘ra, subsidiya uchun arizalarni qabul qilish to‘xtatildi”, deyiladi xabarda.

Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 45-bandiga ko‘ra, joriy yil uchun ajratilgan subsidiyalar soni tugagan taqdirda, komissiya tomonidan uch ish kuni mobaynida arizalarni qabul qilishni to‘xtatish haqida ommaviy axborot vositalarida e'lon beriladi hamda tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga axborot yuborilishi shart.

Komissiya yoki mas'ul tashkilot xodimlari tomonidan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash jarayonida ma'lumotlar noto‘g‘ri va/yoki xato kiritilgan taqdirda, komissiya raisining yozma murojaatiga asosan dasturiy ta'minot tizim operatori tomonidan ma'lumotlar to‘g‘rilash uchun komissiya yoki mas'ul tashkilotga qaytariladi.

Komissiya yoki mas'ul tashkilot to‘g‘rilash uchun qaytarilgan ma'lumotlarni tizimga qayta kiritish huquqiga ega. Ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash adolatli va haqqoniyligi uchun tegishliligi bo‘yicha komissiya a'zolari va mas'ul tashkilot xodimlari shaxsan javobgardir.

Top