15:04 / 03.11.2021
4399
Afg‘onistonning Jalolobod shahrida kuchli portlash sodir bo‘ldi

Hozirda toliblar va “IShID-Xuroson” guruhi a'zolari deb taxmin qilingan qurolli shaxslar o‘rtasida otishma bormoqda.

Foto: TASS/EPA/STRINGER

Afg‘onistonning Nangarhor viloyati markazi Jalolobod shahrida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Asvaka agentligi xabar bermoqda.

Agentlikning ma'lumot berishicha, Shabarxon-Og‘a masjidi yaqinida “Tolibon” harakati a'zolariga tegishli avtomobil portlatilgan.

Hozirda toliblar va “IShID-Xuroson” guruhi a'zolari deb taxmin qilingan qurolli shaxslar o‘rtasida otishma bormoqda, deyiladi xabarda.

Voqeaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

 

Top