09:00 / 03.11.2021
2569
«Hilol-Nashr» nashriyoti 10 yoshda!
Foto: Hilol-Nashr

Fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh asos solgan «Hilol-nashr» matbaa-nashriyoti bu yil 10 yoshga to‘ldi. O‘z faoliyatini 2011 yilda boshlagan nashriyotimiz asosan diniy-ma'rifiy, adabiy-badiiy, ilmiy-ommabop asarlarni hamda bolalar adabiyotini xalqimizga yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

O‘tgan 10 yil davomida nashriyotimiz 5 000 000 dan ortiq nusxadagi kitob va kitob mahsulotlarini chop qilib, kitobxonlarga taqdim qildi.

Foto: Hilol-Nashr
Foto: Hilol-Nashr

Bugungi kungacha matbaada shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining keng kitobxonlar orasida mashhur bo‘lgan olti jildlik «Tafsiri Hilol» asari, ko‘p jildlik «Hadis va Hayot» turkumi, «Sunniy aqiydalar», «Aqiydatut-Tahoviya sharhining talxiysi», «Qur'on ilmlari», «Kifoya», «Ixtiloflar: sabablar, yechimlar», «Baxtiyor oila», «Mukammal saodat yo‘li», «Islom tarixi», «Ijtimoiy odoblar», «Zikr ahlidan so‘rang», «Aqoid ilmi va unga bog‘liq masalalar» kabi yuzdan ortiq kitoblari chop etildi.

«Hilol-nashr» matbaa-nashriyoti mushaf chop qilish bo‘yicha dunyodagi yetakchi nashriyotlar bilan hamkorlikda Qur'oni Karim chop qilishni ham yo‘lga qo‘ygan. Hozirda «Dorus-Salom», «Dorul-G‘avsoniy», «Dorus-Salsabil» va «Dorul-Ma'rifa» kabi nashriyotlar bilan hamkorlikda 5 000 dan ziyod mushafi sharif chop etildi. Ayni paytda «Dorul-Ma'rifa» nashriyoti bilan hamkorlikda chop qilinayotgan mushafi sharifning ikkinchi nashri sotuvga chiqish arafasida. 

Foto: Hilol-Nashr
Foto: Hilol-Nashr

Shuningdek, nashriyotda to‘qqizta mo‘tabar hadis to‘plamlarini o‘z ichiga olgan akademik nashr — «Oltin silsila» turkumi ham chop qilinmoqda. Ushbu turkumga «Sahihi Buxoriy», «Jome'i Termiziy», «Sahihi Muslim», «Sunani Abu Dovud», «Mujtaboi Nasaiy», «Sunani Ibn Moja», «Muvattoi Molik», «Sunani Dorimiy» va «Sahihi Ibn Hibbon» to‘plamlari kiritilgan. Bugungacha turkumning dastlabki ikki asari – 8 jildlik «Sahihul-Buxoriy» hamda 6 jildlik «Sahihi Muslim» kitoblari to‘liq nashr qilindi. Hozirgi kunda «Sunani Abu Dovud» to‘plami nashr qilinmoqda.

Foto: Hilol-Nashr

«Hilol-Nashr» nashriyot-matbaasi o‘z mahsulotlarini O‘zbekiston va jahon kitob bozorlariga yetkazib berish uchun o‘z savdo tarmog‘ini tashkil qilgan. Bugungi kunda savdo tarmog‘imiz tarkibida Toshkent, Namangan, Andijon, Samarqand, Buxoro, Denov, Urganch va Nukus shaharlarida 11 ta rasmiy do‘kon faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning barchasida narxlar bir xilda belgilangan. Yaqin kunlarda Toshkent shahri va Navoiy viloyatida navbatdagi filiallarimiz ochilishi kutilmoqda. Kelgusida Jizzah, Qarshi, Shahrisabz va Qo‘qon shaharlarida ham yangi do‘kon larimiz ochilishi rejaga kiritilgan. 

Do‘konlarimizning manzillari:

1. Bosh do‘kon:

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, So‘galli ota ko‘chasi 5-uy Toshkent 100185

Mo‘ljal: «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi

Telefon: +99871-2175999, +99871-2162927

2. Chorsu filiali:

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sag‘bon (Farobiy) ko‘chasi, 7-uy

Mo‘ljal: «To‘xtaboy» masjidi

Telefon: +99891-1348288

3. Ko‘kcha filiali:

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Mannon Uyg‘ur ko‘chasi, 362-uy

Mo‘ljal: «Shayx Zayniddin» (Ko‘kcha) masjidi

Telefon: +99897-7552370 (shahar ichida telefon orqali buyurtma qabul qilinadi)

4. Namangan filiali:

Manzil: Namangan viloyati, Namangan shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 69-uy

Mo‘ljal: Isfarxon chorrahasi, Asakabank oldida

Telefon: +99869-2279591 (shahar ichida telefon orqali buyurtma qabul qilinadi)

5. Andijon filiali:

Manzil: Andijon viloyati, Andijon shahri, O‘zbekiston ko‘chasi, 6-a uy

Mo‘ljal: Eski «Golden chicken»

Telefon: +99897-7062927, +99874-2237897

6. Marg‘ilon filiali:

Manzil: Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri, Xonaqo ko‘chasi, 3-uy

Mo‘ljal: Xonako masjidi

Telefon: +99897-7562927

7. Samarqand filiali:

Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Rudakiy ko‘chasi, 200B uy

Mo‘ljal: Samarqand bank kolleji va musiqa maktabi oralig‘ida

Telefon: +99891-5224499

8. Buxoro filiali:

Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Ibn Sino-1

Mo‘ljal: Samarqand darvoza, S-Market

Telefon: +99897-2392927 (shahar ichida telefon orqali buyurtma qabul qilinadi)

9. Denov filiali:

Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 69-uy

Mo‘ljal: «Imom Buxoriy» masjidi yaqinida

Telefon: +99893-5035694

10. Xorazm filiali:

Manzil: Xorazm viloyati, Urganch shahri, Yog‘du ko‘chasi, 12-A uy

Mo‘ljal: Dehqon bozor, 5-blokning ro‘parasi

Telefon: +99890-1152927

11. Nukus filiali:

Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, T. Qayipbergenov ko‘chasi 58/3-uy, 230103.

Mo‘ljal: «Orayliq» bozoriga yaqin.

Telefon: +99895-6012927

Shuningdek, Qirg‘iziston, Rossiya va Janubiy Koreya davlatlarida  ham  nashriyotning hamkor do‘konlari ishlab turibdi. 

Hamkor do‘konlar:

1. Qirg‘iziston Respublikasi.

Manzil: O‘sh shahri, Gapar Aytiyev ko‘chasi.

Mo‘ljal: «Sulaymon tog‘» masjidi

Telefon:+99655-5788030

2. Rossiya Federatsiyasi. 

Manzil: Moskva viloyati, Balashixa shahri, 1-may mikrorayoni, 17-uy.

Telefon: +7920-7997969, +7903-7213949

3. Janubiy Koreya.

Manzil: Seul, Itayevon

Telefon: +8210-30461919

kitoblardunyosi.uz onlayn savdo sahifasi

Nashriyotimiz 2014 yilda O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib o‘z mahsulotlarining onlayn savdosini yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda kitoblardunyosi.uz hamda hilolnashr.uz saytlari orqali buyurtma qilingan kitoblar dunyoning istalgan nuqtasigacha yetkazib berilmoqda. Onlayn savdo do‘konimiz joylashgan kitoblardunyosi.uz sayti 2017 yilda «Elektron tijorat sohasidagi eng yaxshi sayt» yo‘nalishi bo‘yicha, e-hilolnashr.uz sayti esa «Elektron kitoblar uchun yaratilgan eng yaxshi sayt» yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deb topilgan. Mazkur saytlardagi elektron do‘konimizda 2000 dan ortiq kitob, audio va videodisklar hamda boshqa mediamahsulotlar taqdim qilingan.

Elektron va audio kitoblar

«Hilol-nashr» matbaa-nashriyoti o‘z mahsulotlarining elektron nashrlari savdosini ham yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ularni maxsus «Hilol eBook» ilovasi yordamida sotib olish va o‘qish hamda tinglash mumkin. Ilovaga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining barcha asarlari, shuningdek, Ziyouddin Rahim, Abdul Azim Ziyouddin, Tohir Malik, Ahmad Muhammad Tursun, Odinaxon Muhammad Sodiq kabi ko‘plab boshqa mualliflarning ham kitoblari kiritilgan.

Shayx hazratlarining shoh asari bo‘lmish «Tafsiri Hilol» kitobi asosida ham alohida ilova qilingan bo‘lib, uning yordamida asarni o‘qish va tinglash mumkin.

Joriy 1442 yilning Robi'ul avval oyi munosabati bilan «Hilol eBook» dasturida siyratga oid barcha kitoblarga 63% chegirma e'lon qilingan.

Foto: Hilol-Nashr

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: InstagramTelegramFacebookYoutube

Biz bilan bog‘lanish: info@hilolnashr.uz+99871-2175999

«Hilol-Nashr» doim siz aziz kitobxonlarning xizmatida!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top