21:26 / 03.11.2021
3780
Joylashtirish vositalarini sertifikatlashtirish jarayoni 15 kungacha qisqartirildi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

So‘nggi yillarda hukumat tomonidan turizm sohasiga juda katta e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, soha faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, tadbirkorlik sub'yektlari uchun yengilliklar yaratildi.

Joylashtirish vositalari (mehmonxona, hostel, motel, dam olish maskanlari, mehmon uylari va boshqalar.) Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi 433-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida sertifikatlashtiriladi. Mazkur jarayon Turizm va sport vazirligi tuzilmasidagi “Sport va turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.

Sertifikat olish uchun ariza beruvchi (tadbirkor) yuqoridagi Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni (kadastr nusxasi yoki ijara shartnomasi, nazorat qiluvchi organlar xulosalari, mehmonlar xavfsizligi va xizmat ko‘rsatish sifatini ta'minlovchi korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar nusxalari) ilova qilgan holda pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda Markazga ariza beradi.

Ushbu ariza Markaz tomonidan bir ish kun davomida ko‘rib chiqiladi va sertifikatlashtirishni o‘tkazish yoki sertifikatlashtirish o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Shu kunning o‘zida ariza beruvchiga sertifikatlashtirish o‘tkazish to‘g‘risida shartnomani ilova qilib, uni o‘tkazish yoki sabablarini ko‘rsatgan holda sertifikatlashtirishni o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni yuboradi.

Ariza beruvchi shartnoma bo‘yicha Markazning bank hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazgach, Markaz tomonidan komissiya tarkibi tuziladi. Komissiya Markaz rahbariyatining buyrug‘i tasdiqlangandan so‘ng, besh ish kuni davomida baholashni o‘tkazishni boshlaydi. Komissiya sertifikatlashtirish obektini normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini uch ish kuni davomida (turoperator xizmati uchun ikki ish kunidan ko‘p emas) baholaydi. Shundan so‘ng tegishli qaror qabul qilinadi. Sertifikat berishni rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablar ariza beruvchi tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilgan taqdirda, Markaz tomonidan qayta baholash amalga oshiriladi. Qaror qabul qilingan kunning o‘zida, Markaz, ariza beruvchiga sertifikat berish (sertifikat va muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqini berish to‘g‘risidagi bitimni ilova qilgan holda) yoki sertifikat berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni yuboradi. Sertifikat berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng ariza beruvchi bilan sertifikat va muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqini berish to‘g‘risida bitim tuziladi. Bitim asosida to‘lov amalga oshirilgan kunning o‘zida sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestrida sertifikat rasmiylashtiriladi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda tadbirkorga o‘z faoliyatini boshlashga ruxsat etiladi.

Top