Samarqandda tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuv va erkin raqobat muhitini buzish holatlariga yo‘l qo‘yilgan – Senat
Viloyatdagi nazorat organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlarda 2 266 ta qonun buzilishi holati aniqlangan. Shundan 4 tasida noqonuniy tekshirish va 2 262 tasida tekshirish o‘tkazish tartibini buzish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Samarqand viloyatida tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuv va erkin raqobat muhitini buzish holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Bu haqda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha ishlar holatini o‘rgangan.
O‘rganish jarayonlarida amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan birga qator kamchilik va muammolar ham mavjudligi aniqlangan.
Jumladan, viloyatda 2024 yilning 1 yanvar holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining soni 2023 yilga nisbatan 10,5 mingtaga kamaygan. 3 497 ta tadbirkorlik sub’yekti iqtisodiy qiyinchiliklar sababli o‘z faoliyatini to‘xtatgan.
Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan oilaviy tadbirkorlik uchun kredit ajratish so‘ralgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda belgilangan muddatlar buzilgan.
Prezident qarorlarida “Onlayn mahalla” elektron platformasini tegishli vazirlik va idoralar ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilishni ta’minlash belgilangan bo‘lsa-da, ushbu tizim “tizim.davaktiv.uz”, “Ye-ijara” hamda “K-SAVDO” avtomatlashgan axborot tizimlari bilan to‘liq integratsiya qilinmagan.
Oqibatda mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan aniqlangan bo‘sh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish ishlari samarasiz tashkil etilgan.
Viloyatda tadbirkorlikni tashkil etish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmagan.
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuv va erkin raqobat muhitini buzish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Masalan, viloyatdagi nazorat organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlarda 2 266 ta qonun buzilishi holati aniqlangan, shundan 4 tasida noqonuniy tekshirish va 2 262 tasida tekshirish o‘tkazish tartibini buzish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Ularning 55 foizi Transport boshqarmasi va 33 foizi O‘simliklar karantini inspeksiyasi xodimlari tomonidan sodir etilgan.
Viloyatda tadbirkorlar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqishda ham kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddati ustidan nazorat o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramay, murojaatlarning 205 tasi bo‘yicha ko‘rib chiqish muddati buzilgan.
Samarqand shahrida, Past Darg‘om, Urgut, Ishtixon, Narpay, Payariq, Bulung‘ur tumanlarida tadbirkorlarning murojaatlari ko‘rib chiqilishida qonun buzilishga yo‘l qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, Senat ishchi guruhi tomonidan viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish yo‘nalishida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilgan.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?
Jahon | 15:46
-
Har ikki tomon ham yon berishi kerak - AQShning yangi davlat kotibi Ukrainadagi sulh haqida
Jahon | 15:12
-
O‘lim uchun “navbat kutish” – dunyodagi eng baland cho‘qqiga chiqish mashaqqatlari haqida
Jahon | 15:06
-
To‘qimachilik sanoatida qayta ishlash zanjiri rivojlantiriladi
O‘zbekiston | 15:04
Mavzuga oid
23:18 / 21.01.2025
Samarqandda qalbaki AQSh dollarini o‘tkazgan shaxslar ushlandi
08:04 / 21.01.2025
Namangan va Samarqandda 2,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
16:46 / 19.01.2025
Samarqand viloyatida elektr ta’minotiga noqonuniy ulanganlar fosh etildi
13:22 / 19.01.2025