09:06 / 04.11.2021
329
Guliston shahrida ishsizlar soni 5,3 ming nafarni tashkil etmoqda

Bugungi kunda Guliston shahrida aholi soni 91,7 ming kishini tashkil etib, mehnat resurslari soni 58,6 ming kishini va iqtisodiy faol aholi soni 49,3 ming kishi tashkil etadi. Ishsizlar soni 5,3 ming nafarni, shundan erkaklar o‘rtasida ishsizlik darajasi 10,7 foizni, ayollar o‘rtasida 10,8 foizni tashkil etadi. Bu haqda Guliston shahar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Akbar Kushanov Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Ishchi guruh tomonidan doimiy o‘rganishlar natijasida 732 ta oila «Temir daftar»ga kiritildi. Hozirda 699 ta oilaning 766 nafar mehnatga layoqatli a'zosi ishga joylashtirish orqali ro‘yxatdan chiqarilgan. Shundan – 350ta oila o‘zining avvalgi ish joyiga qaytgan, 199 ta oila ish bilan ta'minlangan va 150 ta oilaga subsidiya va boshqa mablag‘lar ajratish orqali tadbirkorlikka yo‘naltirilgan.

Bugungi kunga «Temir daftar» ro‘yxatida 33 ta oilaning boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatsiz 83 nafar a'zosi qolgan.

«Temir daftar» ro‘yxatiga kiritilgan oilalarni muntazam ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy ko‘mak berib borish uchun bugungi kunda «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hisobraqamida 460 mln so‘m mablag‘ jamg‘arilgan.

Top