Toshkent va Gulistonda odamlarni firibgarlik yo‘li bilan AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari Toshkent va Guliston shaharlarida fuqarolarni 2000 va 2300 dollar evaziga AQShga yuborishni va’da qilgan shaxslarni qo‘lga oldi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Guliston va Toshkent shaharlarida AQShga yuborishni va’da qilgan ikki shaxsni ushladi.
Xususan, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida S.S. fuqaro J.R.ga tanishlari yordamida Polsha orqali AQShga ishlashga yuborishni va’da qilgan. U o‘z xizmatlari uchun 2300 dollar talab qilib, viza hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 900 dollar va 1,2 mln so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Toshkentda esa fuqaro X.Z.ni tanishlari orqali AQShga jo‘natishni va’da qilgan fuqaro J.T. 2000 dollar olayotgan vaqtida ushlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 211-moddasi 28-moddasi (Pora berishga sherik bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijonda zilzila yuz berdi
O‘zbekiston | 17:40
-
Istanbuldagi zilzilada kuchli qo‘rquv tufayli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
Jamiyat | 17:25
-
Chilonzorda yangi piyodalar yo‘lagi ustidan «bruschatka» to‘shalmoqda
Jamiyat | 17:12
-
Ilon Mask va moliya vaziri Skott Bessent Oq uyda janjallashib ketdi - Axios
Jahon | 17:05
Mavzuga oid

12:47
Haj va Umra ziyoratiga noqonuniy ravishda yubormoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi

09:30 / 22.04.2025
Jizzaxda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi

20:02 / 18.04.2025
Tailand Myanmada qullikdan ozod etilgan 7 ming kishini vataniga yubordi

16:34 / 18.04.2025