17:04 / 06.11.2021
27920
O‘zbekiston havo ifloslanishi reytingida birinchi o‘ringa chiqdi
Foto: Kun.uz

Havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha onlayn reytingda O‘zbekiston birinchi o‘ringa chiqdi. Keyingi o‘rinlarda Hindiston va Xitoy davlatlari turibdi.

Shuningdek, kuchli o‘ntalikdan qo‘shnilarimiz Qirg‘iziston (4-o‘rin) va Tojikiston (9-o‘rin) ham o‘rin olgan.

Ma'lumot uchun, 4 noyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, xususan Toshkent shahrida g‘ayrioddiy chang bo‘roni boshlandi.

«O‘zgidromet»ning Toshkent shahrida joylashgan havo sifatini ifloslantiruvchi moddalar tahlilini yurituvchi avtomatik statsionar kuzatuv postlarida chang miqdori keskin ko‘tarila boshlagan. Avvaliga chang miqdori ruxsat etilgan me'yordan 5 barobarga, keyinroq mahalliy vaqt bilan soat 21:00 va 23:00 orasida 30 barobargacha ko‘tarilgani qayd etilgan.

Respublika hududida 12 noyabr kuniga qadar yog‘ingarchiliklar (janubiy viloyatlardan tashqari) kuzatilmasligi sabab, atmosfera havosida chang-g‘uborlarning yaqin kunlar ichida saqlanib qolish ehtimoli mavjud.

Mavzuga oid
Top