Özbekistonda transport vositasi havoni me’yoridan ortiq ifloslantirayotgan haydovçilar jarimaga tortilmoqda.
ÖzA xabariga köra, 10 apreldan hozirga qadar respublika böylab 58 ming 822 ta avtomobil ekologik nazoratdan ötkazilgan.
Şundan 518 ta transport vositasi atmosferaga me’yoridan ortiq zararli moddalar çiqarayotgani aniqlangan hamda jami 303 nafar haydovçiga nisbatan MJtKning tegişli moddalari bilan jami 50,1 mln söm jarima qöllangan.
Şuningdek, 222 ta transport vositasining harakati vaqtinça töxtatilgan.
Bu «Toza havo» oyligining birinçi bosqiçi doirasida ötkazilmoqda. Mazkur bosqiç 10 mayga qadar davom etadi.
Tadbir davomida jami 200 000 ta avtotransport vositalarini ekologik nazoratdan ötkaziş belgilangan.













