18:02 / 08.11.2021
7421
Bishkek havosi eng ifloslangan shaharlar reytingida yetakchi bo‘ldi

Qirg‘iz ekologlarining so‘zlariga ko‘ra, qish faslida uylar mo‘rilaridan chiqadigan hamda ko‘mirda ishlaydigan IES va avtomobillar tutuni Bishkekda havo ifloslanishining asosiy sabablaridir.

Foto: Akylbek Batyrbekov

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek dunyoning havosi eng ifloslangan shaharlari reytingida Dehlini ortda qoldirdi, deb ma'lumot berdi World Air Quality loyihasi.

Qayd etilishicha, 8 noyabr kuni Bishkek havosidagi PM2.5 mikrodispers zarralar miqdori bir kub metrga 259 mikrogrammni (mkg) tashkil etib, dunyodagi me'yordan 10 baravarga ortiq bo‘lgan.

Ikkinchi o‘ringa Hindistonning Dehli shahri (202 mkg), uchinchi o‘ringa Pokistonning Lohur shahri (167 mkg) joylashdi.

Keyingi o‘rinlarda Hindistonning Kalkutta (155 mkg) va Pokistonning Karachi shaharlari turibdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti me'yorlariga ko‘ra, RM2.5 zarralarining sutkalik miqdori bir kub metrga 25 mkgdan oshmasligi lozim.

Qirg‘iz ekologlarining so‘zlariga ko‘ra, qish faslida uylar mo‘rilaridan chiqadigan hamda ko‘mirda ishlaydigan IES va avtomobillar tutuni Bishkekda havo ifloslanishining asosiy sabablaridir.

Avvalroq O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston hududlarida chang bo‘ronlari kuzatilgandi.

Mavzuga oid
Top