19:42 / 11.11.2021
5314

Turkiya Belarus chegarasidagi migratsiya inqirozida aybdor emasligini aytdi

Foto: dailyadvent

Belarus va Polsha chegarasidagi migratsiya inqiroziga Anqaraning aloqasi yo‘q va yuz berayotgan hodisada o‘zini aybdor deb tan olmaydi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligida ma'lum qilindi.

“Biz Turkiyani Yevropa ittifoqi chegaralariga migrantlarni tashlashga aloqadorlikda ayblashga barcha urinishlarni rad etamiz”, deb aytilgan vazirlikda va mamlakat 4 millionga yaqin suriyalik muhojirga boshpana berganligi qo‘shimcha qilingan.

Vazirlikda Turkish Airlines aviakompaniyasiga bildirilgan ayblovlarga shunday javob berilgan. Avvalroq bir qator g‘arb ommaviy axborot vositalarida Turkish Airlines Belarus hukumati bilan hamkorlik qilayotganlikda va respublikaga migrantlarni yetkazayotganlikda ayblangan. Biroq aviakompaniya chegaradagi holatga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytgan.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu ham ushbu ayblovlarni rad etgan. Anqara hattoki Varshavaga Turkiyaga mamlakatning ushbu vaziyatga aloqadorligini tekshirish uchun maxsus komissiyani yuborishni ham taklif qilgan.

Ayni vaqtda Belarus va Polsha chegarasida minglab migrantlar yig‘ilib, Yevropa ittifoqi hududiga o‘tishga urinmoqda.

Top