19:49 / 15.11.2021
3109
Xitoy mamlakatda avj olgan koronavirusning delta variantiga qarshi kurashmoqda

17 oktyabrdan 14 noyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida mamlakatda 1308 ta infeksiya yuqtirish holati aniqlangan. Kasallik tarqalishi avj olgan yoz faslida 1280 ta holat qayd etilgandi.

Foto: Reuters

Xitoy “delta” shtammi keltirib chiqargan COVID-19ning keng tarqalishiga qarshi kurashmoqda, deb xabar berdi Reuters agentligi.

Agentlikning ma'lumotiga ko‘ra, 17 oktyabrdan 14 noyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida mamlakatda 1308 ta infeksiya yuqtirish holati aniqlangan. Kasallik tarqalishi avj olgan yoz faslida 1280 ta holat qayd etilgandi.

Ma'lum qilinishicha, bu Xitoyda “delta” shtammi virusining eng keng tarqalishi bo‘lib, 21 provinsiya, region va munitsipalitetni qamrab olgan.  

Xitoy hukumati virus tarqalishini aholini ommaviy test qilish va shifoxonalarni maqsadli yopish yo‘li orqali to‘xtatishga urinmoqda. Xitoy shuningdek, sayohatlarni chekladi va tekshiruvlarni kuchaytirdi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top