08:28 / 20.11.2021
5475
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi

2021 yilning 19 noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Taalatbek Masadikov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro siyosat kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida o‘rnatilgan ochiq va ishonchli muloqot tufayli O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining ijobiy sur'atlarda rivojlanayotgani qayd etildi.

Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, uning xalqaro xavfsizlikka ta'siri, mamlakatning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuvi, shuningdek, afg‘on xalqiga favqulodda gumanitar yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Taalatbek Masadikov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida ikki davlatning Afg‘oniston yo‘nalishidagi o‘zaro hamkorligiga oid ayrim masalalar muhokama qilindi, deyiladi xabarda.

Top