19:51 / 26.11.2021
9246
“Rossiya bilan urush ehtimoli bor, ammo OAV buni ko‘pirtirib yozmoqda” - Zelenskiy  

Zelenskiy Ukraina o‘z chegaralarini to‘liq nazorat qilayotgani va har qanday keskinlikka tayyorligini aytdi.

Foto: TASS

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan urush bo‘lishi ehtimoli mavjudligi, ammo OAV bu borada “qattiq qo‘rqitish” olib borayotganini aytdi.

“Bunday ehtimol har kuni bo‘lishi mumkin deb hisoblayman, ammo hozirda qo‘rqitish ketmoqda. Ayrim maydonlarda, OAVda haqiqatan ham xuddi ertaga urush bo‘ladigandek qattiq qo‘rqitish olib borilmoqda”, — dedi u.

Zelenskiy Ukraina o‘z chegaralarini to‘liq nazorat qilayotgani va har qanday keskinlikka tayyorligini aytdi.

“Biz kunlik razvedka ma’lumotlariga egamiz, har kuni nafaqat o‘z razvedkamiz, shuningdek, bizni qo‘llab-quvvatlayotgan boshqa mamlakatlar razvedkalaridan ham ma’lumotlar olamiz. Ammo eng avvalo o‘zimizga, armiyamizga tayanishimiz lozim, armiyamiz qudratli”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Zelenskiy shuningdek, yaqin vaqt ichida uning ofisi rahbari Rossiya hukumati bilan muloqot qilishini aytdi.

Avvalroq AQSh va Britaniya nashrlari Amerika razvedkasi Kiyev va Yevropadagi ittifoqchilar bilan razvedka ma’lumotlarini bo‘lishganini yozgandi. Qayd etilishicha, ularda Rossiya Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘ra boshlagani haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top