20:36 / 29.11.2021
11957
«Oltin to‘p» haqida 10ta fakt: kim, qayerda, qachon va qancha?

29 noyabr tunida yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan «Oltin to‘p»ning navbatdagisi topshiriladi. Unvonni olish uchun bosh nomzodlar Robert Levandovski va Lionel Messi bo‘lib turishibdi.

Agar Robert «Oltin to‘p»ga egalik qiladigan bo‘lsa, bu individual sovrinni qo‘lga kiritgan polshalik ilk futbolchi bo‘ladi. Sovrin yana Messiga nasib etadigan bo‘lsa — u o‘z rekordini yangilaydi: 7-marta.

Ushbu taqdimot marosimigacha mukofot haqidagi asosiy faktlarni to‘pladik: kim birinchi laureat bo‘lgan, «Oltin to‘p»ni eng birinchi olgan darvozabon, himoyachi va yevropalik bo‘lmagan futbolchilar kimlar?

Lionel Messi — mukofotlarni qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi (6 marta).

Foto: okezone.com

Lionel Messi — ikkinchi o‘rinni egallash bo‘yicha rekordchi (6 marta).

Foto: sofoot.com

Sovrinni eng kup nemis futbolchilari qo‘lga kiritishgan (5 nafar nemis 7 marta ega chiqishgan). Ularning so‘nggisi — Mattias Zammer 1996 yilda «Oltin to‘p»ga munosib deb topilgan.

Foto: ransport

Ilk «Oltin to‘p»ni «Blekpul» hujumchisi ser Stenli Mettyuz 1956 yilda qo‘lga kiritgan.

Foto: ransport

Ilk (va yagona) laureat darvozabon — Lev Yashin (1963 yil).

Foto: eurosport.ru

Sovrinning ilk qoratanli egasi — Eusebiu (1965 yil).

Foto: ransport

Himoyachi ampluasida o‘ynagan ilk laureat — Frans Bekkenbauer (1972 yil).

Foto: ran.de

Sovrinni boshqalarga nisbatan eng ko‘p «Barselona» futbolchilari qo‘lga kiritishgan — 12 marta.

Foto: sofoot.com

Sovrin 2020 yilda berilmadi. Uni so‘nggi marta qo‘lga kiritgan futbolchi Lionel Messi (2019).

Foto: 90min.com

«Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan Jorj Vea (1995 yil) hozirda Liberiya prezidenti.

Foto: sport24.com
Mavzuga oid
Top