23:20 / 30.11.2021
9635
Odam savdosi uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Nur-Sultonda qo‘lga olindi

Odam savdosi uchun davlatlararo qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda qo‘lga olindi. Bu haqda Zakon.kz nashri xabar berdi.

Foto: belnaviny.by

Qozog‘iston ichki ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, qidiruvda bo‘lgan erkak 2014 yilda 6 nafar hamyurtiga katta maoshlik ish va'da qilib, ularni Qozog‘istonga olib chiqqan. U Olmaotada erkaklardan pastportlarini olib qo‘yib, ularni boshqa shaxsga topshirib yuborgan. Shundan keyin jabrdiydalar 7 oy davomida og‘ir sharoitlarda ishlashga majbur qilingan.

Ma'lum qilinishicha, erkak 2015 yilda ushbu jinoyati uchun O‘zbekistonda 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Biroq 2019 yil sud qarori bilan erkakka chiqarilgan qamoq jazosining o‘talmagan qismi shartli ozod qilish bilan o‘zgartirilgan.

Erkak ozodlikka chiqqach, Qozog‘iston hududida yashiringan va O‘zbekistonda qidiruvga berilgan.

Ayni vaqtda sud qarori bilan erkak hibsga olingan va uning O‘zbekistonga topshirilishi masalasi hal qilinmoqda.

Mavzuga oid
Top