O‘zbekiston kubogi final bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Samarqand shahridagi «Dinamo» stadionida «Paxtakor» va «Nasaf» jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi finali bo‘lib o‘tdi. Unda qarshiliklar 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
Birinchi taymning 28-daqiqasida Odil Hamrobekov «Paxtakor»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 34-daqiqada Oybek Bozorov raqib futbolchisiga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi.
Biroq qarshiliklar ulkan iroda namoyish eta olishdi. 38-daqiqada Bahrom Abdurahimov raqib himoyasidagi bo‘shliqdan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. 75-daqiqada esa G‘olib G‘aybullayev «ajdarlar»ga g‘alaba keltirgan golni raqib darvozasiga joyladi.
Shu tariqa, qarshiliklar o‘z tarixida 2-marta O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi. Shuningdek, Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari kelgusi mavsum Osiyo Chempionlar Ligasi pley-off bahsida ishtirok etish imkoniyatini ham qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekiston kubogi. Final
4 dekabr, shanba
«Paxtakor» - «Nasaf» 1:2
Gollar: Hamrobekov 28' — Abdurahimov 38', G‘aybullayev 75'
«Paxtakor»: Suyunov, Alijonov, Azmiddinov (Chobanov, 46), Anzur Ismoilov, Sayfiyev, Hamrobekov, Sobirxo‘jayev (Abror Ismoilov, 80), Erkinov, Fayzullayev (Matich, 68), Hamdamov (Turg‘unboyev, 80), Temirov (Holmatov, 90).
«Nasaf»: Ergashev, G‘aybullayev, Saidov, Abdurahimov (Akramov, 60), Norchayev (Komilov, 78), Nurulloyev, Mozgovoy, Nasrullayev (Davronov, 78), Turdialiyev (Rahmatov, 60), Bozorov, Eshmurodov.