Tadbirkor, Toşkentning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxöjayev “Lolazor” podkastidagi iştirokida jamoatçilik diqqat markazidagi bir qator masalalarga izoh va munosabat bildirdi.

“Paxtakor” haqida

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi 17 yanvar kuni “Paxtakor” futbol klubi – klub balansidagi köçmas mulklar bilan birgalikda – sotuvga qöyilganini e’lon qildi. Lekin klub va Toşkent markazidagi ulkan hududni egallagan stadionni qöşib sotmaslik haqidagi jamoatçilik vakillarining munosabatidan keyin, 18 yanvarda klubni xususiylaştiriş vaqtinça töxtatilgani ma’lum qilindi.

Jahongir Ortiqxöjayevning aytişiça, “Paxtakor”ni u olmoqçi bölgan, lekin internetdagi gap-sözlardan keyin bu fikridan qaytgan. “Aylangan gaplardan keyin, töğrisini aytaman, menga kerakmas futboliyam, jonimga tegdi, menga kerakmidi şu, degan fikrga bordim va hozir şu fikrdaman”, – dedi u.

Tadbirkor klubni sotib olişdan maqsadini sözlab berdi.

“Faqat “Paxtakor” emas, prezidentimiz qarorlari bilan köp klublar xususiylaştirilişi kerak. Bitta narsani aytişim kerak: davlatdan xususiyga ötadi degani futbol özgarib qoladi degani emas. Milliard pul taşlaydimi, futbol özgarib qoladi degani emas. Agar pul bilan bölganida, bugun Saudiya eng zör terma jamoa bölardi. Yoki “Ulsan Hyundai” klubi. Birgina Hyundai 200 milliard “oborot” qiladi. Pul bilan bölganida, ular bölgan bölardi. Bu futbolni biz kardinal özgartirmasak, futbolimiz futbol bölmaydi.

“Paxtakor”ni 100 dollarga bersa, sotib olmayman u yerni. Tekinga bersa olaman. Stadionini ham. Tekinga bersa olaman, pulga bersa olmayman.

Men futbol federatsiyasi rahbari Abdusalom aka Azizov bilan ham köp gaplaşdim, nima qilsa böladi? Boşqalarni bilmadim, mening taklifim bunday: mayli, men olişim mumkin stadionni, lekin pulga emas, çunki özi stadionga 70-80 milliard pul tikib yubordim. 200 milliardga yaqin pulim ketdi. Qaytarib ololmayman [bu pullarni]. Yana pulga sotib olamanmi stadionni? Nima qilaman uni?