18:19 / 04.12.2021
7783

Erdo‘g‘an Turkiyaning eksport brendini Türkiye deb o‘zgartirdi

Endilikda Turkiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarga “Made in Turkey” deb emas, “Made in Türkiye” deb yoziladi.

Foto: Francisco Seco / AP

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatning eksport brendini Türkiye deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. 

Hujjat Resmi Gazete nashrida e'lon qilingan.

Endilikda Turkiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarga “Made in Turkey” deb emas, “Made in Türkiye” deb yoziladi.

Bundan tashqari, xorijlik hamkorlar bilan rasmiy yozishmalarda ham Türkiye so‘zi qo‘llaniladi. 

Hujjatda aytilishicha, Türkiye so‘zi turk xalqining madaniyat va qadriyatlarini to‘laqonli aks ettiradi.

Top