07:45 / 08.12.2021
5371

6ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi 

6 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Shutterstock

Qayd etilishicha, vazirlikning 2021 yil 7 dekabrdagi tegishli qarorlari bilan quyidagi xususiy bandlik agentliklarining litsenziyalari 10 kun muddatga vaqtincha to‘xtatildi:

  • «Mirai recruitment agency xususiy bandlik agentligi» MChJ;
  • «Reiwa xususiy bandlik agentligi» MChJ;
  • «Turon world cooperation xususiy bandlik agentligi» MChJ;
  • «Priority international xususiy bandlik agentligi» MChJ;
  • «Specialist group xususiy bandlik agentligi» MChJ;
  • «Jyonan-staff Business xususiy bandlik agentligi» MChJ.

Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, ushbu xususiy bandlik agentliklari Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida BHMning 8500 baravari miqdoridagi mablag‘larni zaxira sifatida to‘ldirmagan.

Top