Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umra xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar uchun litsenziya joriy etiladi
2024 yil 1 martan boshlab turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya talabi bekor qilindi. Shu munosabat bilan Umra tadbirlarini tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi turfirmalar uchun alohida litsenziya joriy etilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiyalar Umra ziyoratini tashkil etishni litsenziyalanadigan faoliyat turlari qatoriga qo‘shish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda.
Ta’kidlanishicha, bu qonun loyihasini qabul qilish orqali ziyoratchilarga Umra amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratiladi, xorijda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va kafolatlangan xizmatlardan foydalanishi ta’minlanadi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, turistik faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar Umra tadbirlarini tashkil etish bilan ham shug‘ullanish huquqiga ega.
Prezident farmoni bilan, 2024 yil 1 martdan boshlab turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya talabi bekor qilinib, xabardor qilish tartibi joriy etildi. Yuqoridagi qonun bilan esa Umra xizmatlarini ko‘rsatuvchi turfirmalar uchun alohida litsenziya joriy etilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 1 noyabrdan boshlab Umra tadbirlarini tashkil etish faoliyati uchun yangi talablar kuchga kirgandi.
Mavzuga oid
08:50 / 06.06.2026
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
19:13 / 30.05.2026
Migratsiya agentligi xorijga ishga boruvchilarni to‘lov qilishda aldanib qolmaslikka chaqirdi
17:45 / 01.05.2026
Barcha davlat tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich majburiy litsenziyalanadi
11:13 / 17.11.2025