BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi. U shundan keyin o‘zini ihotaladi. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 72 yoshli Guterrish BMTning boshqa bir xodimidan koronavirus yuqtirib olgan. Ta'kidlanishicha, BMT rahbari yaqinda koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlangan.
Guterrish yaqin kunlarda Nyu-Yorkda BMT matbuoti uyushmasi tadbirida va BMT Xavfsizlik kengashining terrorchilik va iqlim o‘zgarishlari muammolariga bag‘ishlangan yig‘ilishida ishtirok etishi rejalashtirilgandi.
Biroq u ushbu tadbirlardagi ishtirokini bekor qilishiga va o‘zini ihotalashiga to‘g‘ri kelgan.
AFP’ning xabar berishicha, Guterrishning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik BMT bosh kotibining sog‘lig‘i yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan.