08:29 / 14.12.2021
4404
Taxtaqoracha dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochildi 

Taxtaqoracha dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz

Kecha, 13 dekabr kuni Taxtaqoracha dovonida tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar hosil bo‘lganligi bois, dovon avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida tegishli tashkilotlarning xodimlari tomonidan olib borilgan zaruriy tadbirlar natijasida bugun, 14 dekabr kuni soat 08:20da Taxtaqoracha dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochildi.

Mavzuga oid
Top