2022 yil 13 mart kuni Taxtaqoraça dovonida kuçli yomğir tufayli M-39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining mazkur dovondan ötgan 1138-1141-kilometrida qisman öpiriliş yuzaga kelgan, oqibatda transport vositalarining harakati vaqtinça çeklangandi.
IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berişiça, dovon yölida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilib, harakat qatnaşçilarining xavfsizligini ta’minlaş böyiça çoralar körilgan. Ayni vaqtlarda dovon yölida transport vositalarining harakatlanişi uçun ruxsat berilgan.
«Haydovçilardan qoidalarga rioya qilgan holda, ehtiyotkorlik bilan harakatlanişlarini söraymiz», deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 2022 yil 12 mart kuni kuçli yomğir yoğişi natijasida Qamçiq dovonidan ötgan avtomobil yöli köçki xavfi tufayli yopilib, öşa kuni qayta oçilgandi.

















