11:46 / 17.12.2021
3186
Air France – KLM alyansi 100ta Airbus samolyotini buyurtirdi

Fransiya-Niderlandiyaning Air France – KLM alyansi Airbus’ga 100ta samolyot buyurtirdi. Kelishuvga ko‘ra, alyans kelgusida oldindan kelishilgan narxda yana 60ta samolyot sotib oladi. 

Foto: AP

Alyans KLM va Transavia aviakompaniyalari uchun A320neo oilasiga mansub samolyotlarni buyurtirgan. Shuningdek, Airbus bilan Air France uchun 4ta A350 yuk samolyotini sotib olish istagi bildirilgan bayonnoma imzolangan.

Alyans matbuot xizmatida ta’kidlanishicha, samolyotlarni buyurtmachiga yetkazish 2023 yil ikkinchi yarmidan boshlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Air France – KLM parkida 500dan ko‘proq samolyot mavjud.

Mavzuga oid
Top