Jahon | 10:43 / 20.06.2023
5958
2 daqiqa o‘qiladi

Airbus Le Burjyeda 500 ta samolyot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi

Hindistonning Indigo loukosteri Airbus’dan 1000 ga yaqin samolyot sotib olmoqchi. Le Burjyedagi buyurtma havo qatnovi tarixidagi eng katta buyurtma bo‘ldi. 

Foto: AP

Yevropaning Airbus samolyot ishlab chiqaruvchisi 19 iyun, dushanba kuni Fransiya poytaxti chekkasi Le Burjyeda bo‘lib o‘tgan Parij aerokosmik ko‘rgazmasi birinchi kunida Hindistonning Indigo aviatashuvchisi bilan A320neo qatoridan 500 ta samolyotni sotish bo‘yicha shartnoma imzoladi

Airbus sotuvlar bo‘limi rahbari Kristian Shererning so‘zlariga ko‘ra, bu havo qatnovi tarixidagi eng yirik yagona buyurtmadir. 

2019 yilda Hindistonning Indigo loukosteri Airbus’dan xuddi shu rusumdagi 300 ta samolyotga buyurtma bergan. Umuman olganda, aviakompaniya Yevropaning samolyot ishlab chiqaruvchisidan 1000 ga yaqin samolyot sotib olmoqchi, shulardan 480 tasi - joriy yil oxirigacha. 19 iyunda buyurtma qilingan texnikalarni yetkazib berish faqat 2030 yilda boshlanadi. Shu bilan birga, Airbus va Indigo shartnoma miqdorini aytmadi. 

Le Burjyedagi 54-salon COVID-19 pandemiyasi sabab to‘rt yillik tanaffusdan keyin birinchi salon bo‘ldi. Rossiya bu yil unda ishtirok etmaydi. Aviashouning harbiy qismi eksponatlari orasida Germaniya, Fransiya va Ispaniya tomonidan yaratilgan Future Combat Air System (SCAF) qiruvchi samolyoti ham bor. 

Mavzuga oid