15:09 / 25.12.2021
2798

Qo‘y o‘g‘risining avtomashinasi musodara qilindi

Foto: KUN.UZ

Xorazm viloyati, Shovot tumanida yashovchi fuqaroning jinoyat quroli deb topilgan «Cobalt» rusumli avtomashinasi davlat foydasiga musodara qilindi.

Qayd qilinishicha, Q.M. fermer xo‘jaligi dala maydonida joylashgan qo‘yxona eshigini yashirincha buzib, jami 41,4 mln so‘mlik 28 bosh qo‘yni «Cobalt» rusumli avtomashinasiga bir necha marta yuklab olib ketgan va o‘zganing mulkini talon-toroj qilgan.

Unga nisbatan sud tomonidan jazo tayinlangan va jinoyat quroli deb topilgan «Cobalt» rusumli avtomashinasini davlat foydasiga musodara qilish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Shovot tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Uning ijrosini ta’minlash maqsadida, avtomashina «E-ijro auksion» yagona elektron savdo maydonchasida boshlang‘ich bahosi 79,3 mln so‘mga sotuvga qo‘yilgan va 97,6 mln so‘mga sotilgan. Sotuvdan tushgan pul mablag‘lari davlat foydasiga o‘tkazilgan.

Top