21:51 / 01.01.2022
2919
BAA hukumati emlanmagan fuqarolarni xorijga chiqarmaslikka qaror qildi

Faqat salomatligi tufayli vaksina ololmaydiganlar, «gumanitar holatlar» va davolanishga ketayotgan fuqarolarga istisno tariqasida chetga chiqishga ruxsat beriladi.

Foto: Getty Images

Birlashgan Arab Amirliklari hukumati koronavirusga qarshi emlanmagan fuqarolarning xorijga chiqishini taqiqlaydi. Bu haqda WAM agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, taqiq 10 yanvardan kuchga kiradi.

Hukumat dunyoning ko‘plab mamlakatlarida koronavirus yuqtirish holatlari ko‘paygani sababli ana shunday qaror qabul qildi. Faqat salomatligi tufayli vaksina ololmaydiganlar, «gumanitar holatlar» va davolanishga ketayotgan fuqarolarga istisno tariqasida chetga chiqishga ruxsat beriladi.

O‘tgan sutkada BAAda 2426 kishida koronavirus aniqlangan, ikki nafar bemor vafot etgan. Pandemiya boshidan buyon 762 mingta holat aniqlangan, 2164 kishi kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Top