10:57 / 05.01.2022
837
Qoraqalpog‘iston MIB xodimlari dam olish kuni ishga chaqirilgani aytilmoqda

Mahalliy nashrlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Majburiy ijro byurosi xodimining dam olish kunlari ishchilarning vaqtidan oldin ishga chaqirilayotgani haqida murojaati e’lon qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi MIBdan yozmoqdamiz. Bizdan 4 yanvardan ishga chiqish talab qilinyapti. Axir, Prezidentimiz farmonida 5 yanvardan ish kuni deb belgilandi-ku! Qolaversa, jamoamizda Nukusdan uzoq tumanlarga boradigan xodimlarimiz ham bor. Ertaga ertalab 8:30da ishga yetib borishning imkoni yo‘q. Rahbariyatdan dam olish kunlarini oilamiz bag‘rida o‘tkazishga ruxsat berishlarini so‘raymiz”, — deyilgan murojaatda.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan suratda Qoraqalpog‘iston Respublikasi MIBning tuman bo‘limi rahbariyati tomonidan 3 yanvar kuni soat 08:30da barcha xodimlar 100 foiz ishda bo‘lishi talab qilingan. Buni Kadrlar bo‘limi boshlig‘i Temur va inspeksiya boshlig‘i Shexnazar ismli shaxslar nazoratga olinishi aytilgan.

Shuningdek, ishga vaqti (3 yanvar kuni soat 08:30)da kelmagan xodimlarga intizomiy jazo yoki lavozimidan ozod qilishgacha bo‘lgan jazo choralari ko‘rilishi ma’lum qilingan.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, bu holat MIB Taxiatosh tumani bo‘limida kuzatilgani ma’lum bo‘ldi. Vaziyatga oydinlik kirish uchun Kun.uz muxbiri Qoraqalpog‘iston Respublikasi MIB Matbuot kotibi bilan bog‘landi. Unga ko‘ra, holat to‘liq o‘rganilgach, natijasi haqida rasmiy ma’lumot beriladi.

Bundan oldin Qashqadaryoda hokim yordamchilari dam olish kunlari ishga chaqirilgandi.

Top