19:31 / 16.01.2022
39094
Toshlar orasidagi qishloq - Sangardak | Manzil 

Sodda va samimiy insonlar haqida hikoya qiluvchi «Manzil» loyihasi bu gal Surxondaryoning Sariosiyo tumanida joylashgan Sangardak qishlog‘iga bordi.

To‘g‘risi, qishloq biz kutgandan ancha chiroyli, odamlari mehmondo‘st, kimni ko‘rmang, keling, mehmon qilay, deydi. Sangardakning olmasi va noki ayniqsa bir umrga yodda qoldi. Qishloqda hammada bog‘ bor. Qishloq joylashuvi, havosi va suvining tozaligidanmi, mevalari ham tilni yoradigan darajada shirin ekan.

Bu safar jamoamizni to‘y munosabati bilan nahorgi oshga taklif qilishdi. Kanalimiz kuzatuvchilari orasida nahorgi oshni sog‘inganlar topilsa kerak.

Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal, deyishadi-ku. Ko‘rsatuv davomida to‘y oshi, ajoyib sharshara va  hazilkash otaxonlar bilan bo‘lgan suhbatdan bahramand bo‘ling.


Muallif va boshlovchi:
Tohirjon Tursunov 

Tasvirchi va montajchi:
Boymirza Xalilov

Mavzuga oid
Top