11:12 / 18.01.2022
8617
Afg‘onistonda zilzila oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
Foto: Natalie Behring-Chisholm/Getty Images

Afg‘oniston g‘arbidagi Bodg‘is viloyatida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Baxtar» davlat axborot agentligiga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.

«Bugungi zilzila oqibatida Bodg‘is viloyatida 22 kishi halok bo‘ldi va 4 kishi jarohat oldi. Qurbonlarning aksariyati Kadis uyezdida yashagan», deyiladi xabarda.

Rasmiylar qurbonlar soni oshishi mumkinligini istisno etmagan.

AQSh Geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hududda 17 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:10da 5,6 balli yer osti silkinishlari kuzatilgan. Zilzila epimarkazi Qal’ayi-Nav shahridan 40 kilometr sharqda, Bodg‘is viloyatining ma’muriy markazi va Turkmanistondan 70 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Zilzila 10 kilometr chuqurlikda qayd etilgan. 

Top