17:27 / 20.01.2022
9609
Xitoy AQShni Tayvan bilan rasmiy aloqalarni to‘xtatishga chaqirdi

XXR tashqi ishlar vazirligi vakili "dunyoda bitta Xitoy borligi, Tayvan Xitoyning bo‘linmas qismi" ekanligini ta’kidladi.

Foto: Reuters

Pekin Vashingtonni "yagona Xitoy" tamoyiliga amal qilishga va Tayvan bilan rasmiy aloqalarni to‘xtatishga chaqiradi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan ma’lum qildi.

"Biz Amerika tomonini "yagona Xitoy" tamoyili va uchta Xitoy-Amerika qo‘shma kommyunikelari moddalariga rioya qilishga, Xitoyning pozitsiyasi va xavotirlariga jiddiy yondashishga, Tayvan bilan har qanday shakldagi rasmiy aloqalarni to‘xtatishga va "Tayvan mustaqilligi" tarafdori bo‘lgan kuchlarga yolg‘on signallar bermaslikka chaqiramiz”, - dedi Chjao Litszyan.

U shuningdek, "dunyoda bitta Xitoy borligi, Tayvan Xitoyning bo‘linmas qismi" ekanligini ta’kidladi.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, "ikki Xitoy" yoki "bir Xitoy, bir Tayvan" yaratishga urinish xitoy xalqi tomonidan rad etiladi.

Avvalroq Tayvan axborot agentligi orol ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Lay Tsinde AQSh rasmiy shaxslari bilan muloqot o‘tkazishi haqida xabar bergandi. Tayvan delegatsiyasi 27-29 yanvar kunlari Honduras prezidenti Siomara Kastroning inauguratsiya marosimiga taklif etilgan. Tayvan delegatsiyasi safar davomida AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Top