07:52 / 22.01.2022
5200
O‘zbekiston 2021 yilda eng ko‘p import mahsulotni Rossiya va Xitoydan olib kirgan 

O‘zbekiston eksporti va importida yuqori ulushga ega 10 ta davlat ma’lum qilindi.

Foto: Dreamstime

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda – 5,5 mlrd dollar.

Keyingi o‘rinlarda 4,9 mlrd dollarlik import mahsulot olib kirilgan Xitoy va 2,7 mlrd dollarlik ko‘rsatkich qayd etilgan Qozog‘iston bormoqda.

Shuningdek, bu raqam qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Koreya – 1,8 mlrd;
  • Turkiya – 1,7 mlrd;
  • Germaniya – 692,3 mln;
  • Turkmaniston – 690,6 mln;
  • Ukraina – 472,4 mln;
  • Hindiston – 461 mln;
  • Litva – 438,3 mln AQSh dollari.

Bundan tashqari, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 2,5 mlrd.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Rossiya – 2,1 mlrd;
  • Turkiya – 1,7 mlrd;
  • Qozog‘iston – 1,2 mlrd;
  • Qirg‘iziston – 791 mln;
  • Afg‘oniston – 649,4 mln;
  • Tojikiston – 501 mln;
  • Ukraina – 232 mln; 
  • Kanada – 200 mln;
  • Turkmaniston – 191,3 mln AQSh dollari.
Mavzuga oid
Top