12:03 / 26.01.2022
20551

1992 yili Surxondaryoda mayiz orasiga yashirilgan 13 tonna “gashish” aniqlangani ma’lum qilindi

Bugun, 26 yanvar Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari o‘zining kasb bayramlarini nishonlamoqda.

Shu munosabat bilan qo‘mita axborot xizmati 1993 yilda yirik miqdorda giyohvandlik moddasi ushlanganiga doir ma’lumotlarni e’lon qildi.

1992-94 yillarda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Xoldor Sherovning shaxsiy arxividan foydalanilgan lavhada aytilishicha, 1992 yil 8 oktyabrda mayiz ortilgan vagonga 13 tonnadan ortiq “gashish” giyohvandlik moddasi 19 tonna mayiz qutilari orasiga yashirilgan bo‘lgan.

Bu o‘sha vaqtlar qora bozordagi narxi bilan hisoblanganda 1,3 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.

1993 yil 16 fevralda esa, yong‘oq yuklangan 2ta yo‘l konteynerda 1167 kg giyohvand modda yashirilgani fosh qilingan. 

Top