09:01 / 27.01.2022
22513
Qozog‘iston parlamenti Nazarboyevning Xavfsizlik kengashi va respublika xalq assambleyasidagi umrbod raisligini bekor qildi
Foto: RIA Novosti

Qozog‘iston parlamenti Nursulton Nazarboyevning mamlakat Xavfsizlik kengashi va respublika xalqlari assambleyasiga umrbod raislik qilishini bekor qildi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

Bundan tashqari, mamlakat parlamentining yuqori palatasi Qozog‘istonning birinchi prezidenti bilan tashqi va ichki siyosatni muvofiqlashtirish zaruratini bekor qilishni taklif etmoqda.

Avvalroq, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatdagi norozilik namoyishlariga nima sabab bo‘lib xizmat qilganini aytgandi.

To‘qayev ishbilarmonlar bilan uchrashuvda Qozog‘istonda yanvar oyi boshidagi voqealar yillar davomida to‘planib kelgan muammolarni ochib bergani, boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi daromadlar tafovuti qabul qilib bo‘lmaydigan darajaga yetganini aytdi.

«Daromadlarning bunday tabaqalanishi terrorchilar va ularning ortida turgan fitnachilar tomonidan yoqilgan gugurt va porox bochkasi rolini o‘ynadi», dedi To‘qayev. 

U, shuningdek, bu tafovutni real pulda baholadi. 

«Xalqaro ekspertlarning ta’kidlashicha, [mamlakat] boyligining yarmi bor-yo‘g‘i 162 kishiga tegishli. Shu bilan birga, aholining yarmida daromad 50 ming tengedan ham oshmaydi. Bu yiliga 1300 dollardan sal ko‘proq. Bunday pulga yashashning iloji yo‘q, vaziyatni zudlik bilan o‘zgartirish kerak», — dedi To‘qayev. 

Top