17:00 / 06.02.2022
11832

Galaxy S21 FE smartfoni xarid qiling va Samsung kompaniyasidan sovg‘a sifatida quloqchinlarni oling

Flagman liniyasidan Galaxy S21 FE smartfonini xarid qilsangiz, sovg‘aga Galaxy Buds2 quloqchinlarini olasiz.

2022 yil 28-fevralgacha xaridni rasmiylashtirgan Samsung Galaxy S21 FE flagman modelining yangi egasi Galaxy Buds2 quloqchiniga bepul ega bo‘ladi. Samsung kompaniyasi fevral oyida butun O‘zbekiston bo‘ylab aksiya o‘tkazadi. Shoshiling - sovg‘alar soni cheklangan. Ammo bu ham sovg‘alarning hammasi emas: siz xaridni ikki baravar yoqimli, qulay shartlarda, ya’ni bo‘lib-bo‘lib sotib olishingiz mumkin. Bunday to‘lov imkoniyatini taqdim etadigan do‘konlar ro‘yxatini maqolamizdan bilib oling.

Haqiqiy ishqibozlar uchun Fan Edition 

Smartfon nomidagi FE harflari Fan Edition ma’nosini anglatadi. Model flagman liniyasi muxlislari uchun maxsus yaratilgan - u oldingi avlodlarning barcha afzalliklarini o‘z ichiga jamlagan.

·       Model chang va suvdan kuchaytirilgan himoyaga (IP68) ega - har qanday ob-havoda smartfon ishonchli va muammosiz hamroh bo‘ladi.

·       Displeydagi tezkor barmoq izlari skaneri sovuq havoda ham pand bermaydi.

·       Displeyning yangilanish chastotasi avtomatik ravishda 120 Gs’ni tashkil qiladi.

·       Kuchli protsessorga ega smartfon 4500 mA·s akkumulyatori bilan jihozlangan.

Unda turli zaryadlash usullarini qo‘llash mumkin: simli, simsiz, reversiv. To‘liq quvvatlashga taxminan bir soat vaqt ketadi.

Diqqatga sazovor

Yupqa va yengil smartfon minimalistik ko‘rinishga ega, ammo bu soddalik ortida uning egasi uchun cheksiz imkoniyatlar bor.

Kamerasi alohida e’tiborga loyiq, aniqrog‘i, 4 kamera: 32 MP (asosiy), 12 MP (ultrakeng burchakli, keng burchakli), 8 MP (teleobektiv). Rasm yoki video olish paytida, siz kameralarni o‘zaro almashtirishingiz mumkin – bu esa, studiyada yaratilgan sifatga ega foto va videolarni yaratish demakdir.

Quloqchinlar bilan birgalikda transportda, supermarketda, ofisda boshqalarni bezovta qilmasdan ijtimoiy tarmoqlardagi teleko‘rsatuvlar yoki videolardan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Sevimli treklaringiz shovqinni kamaytirish funksiyasiga ega Galaxy Buds2 simsiz quloqchinlarida o‘zgacha yangraydi. O‘yin rejimiga o‘tish sevimli ilovangizga boshingiz bilan sho‘ng‘ib ketish imkonini beradi.

Qiziqarli aksiya

Yangi Galaxy S21 FE smartfonini xarid qilsangiz, Galaxy Buds2 sovg‘a sifatida taqdim etiladi. Samsung flagman liniyasidagi eng so‘nggi smartfon modelini bo‘lib-bo‘lib xarid qilish imkoniyati esa qo‘shimcha afzallik hisoblanadi.

Aksiya 2022 yil 28 fevralgacha (shu sanani ham o‘z ichiga olgan holda) butun O‘zbekiston bo‘ylab amal qiladi. Galaxy S21 FE smartfoni uchun 0/0/6 shartlari bo‘yicha bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati MeDIAPARK, Texnomart, Elmakon, kabi hamkor do‘konlarda mavjud.

Sovg‘alar soni cheklangan.

Manfaatni qo‘ldan boy bermang.

Aksiya bo‘yicha barcha tafsilotlar havola orqali.

Ma’lumotlar uchun telefon: 7799.

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: @SamsungUzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Sayt: Samsung.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top