19:36 / 12.02.2022
6826

Xitoyda avtobus portlashi oqibatida 40dan ortiq kishi jarohatlandi

Politsiyaning ma’lumot berishicha, bir kishi halok bo‘lgan.

Foto: remo Twitter

Xitoyning Shenyan shahrida yo‘lovchi avtobusi portladi, deb xabar berdi "Xuansyu shibao" gazetasi.

Xabarga ko‘ra, avtobus salonida kuchli portlash sodir bo‘lgan. Portlash to‘lqini avtobus oynalarini to‘kib tashlagan va tashqi tomoniga shikast yetkazgan.

Politsiyaning ma’lumot berishicha, portlash natijasida bir kishi halok bo‘lgan, 42 kishi jarohatlangan.

"Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan, ikki kishi og‘ir jarohatlangan, yana 40 kishi yengil yaralangan. Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan", - deyiladi shahar politsiyasi xabarida.

Hozirda portlash sababli o‘rganilmoqda.

 

Mavzuga oid
Top