16:51 / 28.02.2022
18731

Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasida havo hujumidan mudofaa tizimining jangovar shayligi tekshirildi

Rejaga ko‘ra, navbatchi kuchlar shartli dushmanning yuqori tezlikda harakatlanuvchi nishonlarini aniqlagan.

Foto: RIA Novosti

Tojikistonda raketalar uchirish orqali Rossiyaning S-300PS havo hujumidan mudofaa tizimi jangovar shayligi tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu haqda Interfaks Markaziy harbiy okrug matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

"Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasida havo hujumidan mudofaa tizimining jangovar shayligi tekshirildi. S-300PS zenit raketa tizimlari raketalari trevoga bo‘yicha havoga ko‘tarildi", - deyiladi xabarda.

Rejaga ko‘ra, navbatchi kuchlar shartli dushmanning yuqori tezlikda harakatlanuvchi nishonlarini aniqlagan.

Bundan tashqari, mashg‘ulotlar davomida S-300PS tizimlarini raketalar bilan qayta jihozlash, shartli diversiya-razvedka guruhlari hujumlarini qaytarish amallari bajarilgan.

Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasi Dushanbe va Boxtar shaharlarida joylashgan. Uning tarkibidan motoo‘qchi, tank, artilleriya, razvedka, havo hujumidan mudofaa va aloqa bo‘linmalari o‘rin olgan.

Top