16:13 / 01.03.2022
3148
Namangandan Qozog‘istonga ilk aviaparvoz amalga oshirildi
Foto: Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmati

Bugun, 1 mart kuni ilk marotaba Olmaota – Namangan – Olmaota yo‘nalishida aviaqatnov amalga oshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu reys Qozog‘iston Respublikasining “FLY ARYSTAN” aviakompaniyasi tomonidan bajarildi. Mazkur aviakompaniyaga qarashli A-320 rusumli havo kemasi Namangandan Qozog‘istonning Olmaotaga shahriga 180 nafar yo‘lovchini yetkazdi.

Foto: Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, Namangan xalqaro aeroportidan 8 fevraldan boshlab Maxachqal’a - Namangan - Maxachqal’a yo‘nalishida yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yilgan edi.

Mavzuga oid
Top