16:23 / 02.03.2022
7313

Polsha AQShdan jangovar dronlar sotib olishga qaror qildi

Qayd etilishicha, mazkur qaror "Polsha sharqidagi vaziyat bilan bog‘liq". Varshava dronlarni imkon boricha tezroq sotib olishga harakat qilmoqda.

Foto: Air Force

Polsha AQShdan shoshilinch tarzda MQ-9 Reaper dronlarini sotib olishga qaror qildi, deb xabar berdi Defense News Polsha mudofaa vazirligi vakili Kshishtof Platekka tayanib.

"Biz zudlik bilan uchuvchisiz uchar qurilmalarni sotib olishni istaymiz va hozirda amerikalik hamkorlarimiz bilan muzokaralar olib bormoqdamiz", - dedi Platek.

Uning qayd etishicha, mazkur qaror "Polsha sharqidagi vaziyat bilan bog‘liq". Platekning so‘zlariga ko‘ra, Varshava dronlarni imkon boricha tezroq sotib olishga harakat qilmoqda.

Polsha o‘tgan yili Turkiyadan 24 dona Bayraktar TB2 dronlarini sotib olgandi, ularni yetkazib berish 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan.

Top