Polşa çegaraçilari Rossiya armiyasidan qoçib ketgan rossiyalik askarni qölga oldi. Polşa çegara xizmatining 8 may, çorşanba kuni xabar berişiça, 41 yoşli erkak bir guruh muhojirlar bilan birga Belarus-Polşa çegarasini noqonuniy kesib ötgan va Polşa hududida qölga olingan. 

Departament xodimlari qölga olingan şaxsdan uning Rossiya armiyasidagi xizmati va Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşganligini tasdiqlovçi harbiy hujjatlarni topdi. Polşaning Rmf.fm radiostansiyasi xabar berişiça, rossiyalik qurolsiz va fuqarolik kiyimida bölgan, muhojirlar orasida yurgan. Rmf.fm ma’lumotlariga köra, qölga olinganning harbiy hujjatlari orasida armiya bilan tuzilgan şartnoma ham bor edi, ehtimol u Belarus orqali töğridan töğri frontdan Polşa hududiga kirmoqçi bölgan.

Hozirda rossiyalik çegara xizmati tomonidan qölga olingan va unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Polşa içki işlar vaziri örinbosari Çeslav Mroçek PAP axborot agentligiga bergan intervyusida şunday dedi: «Biz uning niyati nima ekanligini aniqlaşimiz kerak. Gap Rossiya razvedka xizmatlarining buyruğini bajariş haqida ketyaptimi yoki yöqmi, şu masala muhim».

Polşa-Belarus çegarasidagi inqiroz

2021 yilning yozidan buyon ön minglab kişilar Belarus hududidan Polşaga noqonuniy kirişga harakat qilyapti. Yevropa Ittifoqi Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoni Ğarbga bosimni kuçaytiriş maqsadida Yaqin Şarq va Afrikadan migrantlarni YeI çegaralariga ötkazişni uyuştirganlikda aybladi. 

2022 yilda Polşa Belarus bilan çegaradoş tomonida balandligi 5,5 metr bölgan panjara va elektron kuzatuv tizimini örnatdi. Biroq çegara tösiqlari qurilganidan keyin ham muhojirlar har kuni Yevropa Ittifoqining taşqi çegarasini noqonuniy kesib ötişga urinmoqda, deya qayd etadi Polşa rasmiylari. Yil boşidan beri Polşa çegara xizmati 10 mingdan ortiq bunday urinişlarni qayd etgan.