14:20 / 09.03.2022
14652
«O‘zgidromet» Toshkent shahrida kuchli yomg‘ir va shamol kutilayotganidan ogohlantirdi

Gidrometeorologiya xizmati markazi shoshilinch axborot bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida yaqin 2 soat ichida kuchli momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi, shuningdek shamol tezligi 12-14 m/s kuchayishi kutilmoqda. 

“Sizlardan ehtiyot choralarni ko‘rishlaringizni so‘rab qolamiz”, deyiladi ma’lumotda.

Haydovchilardan tezlik me’yoriga rioya qilgan holda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish, zarurat bo‘lmasa ushbu vaqt oralig‘ida avtomashinada harakatlanishni imkon qadar cheklash so‘ralgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuchli shamol vaqtidagi xavfsizlik choralarini e’lon qildi:

  • yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
  • elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
  • ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
  • ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
  • shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
  • ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
  • buzilgan binolarga kirish taqiqlanadi, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish mumkin emas;
  • kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.
Top