16:16 / 09.03.2022
6835
Toshkentda avtobus ikki piyodani urib yubordi

Piyodalardan biri vafot etgan. 5 yoshli piyoda shifoxonaga olib ketilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, 8 mart kuni soat 11:30 da Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi “MIRANDA” do‘koni qarshisida, haydovchi – 1996 y.t. S.M. “MAN” rusumli avtobusni boshqarib ketayotib, tartibga solingan piyodalar o‘tish joyida piyodalarni urib yuborgan.

Oqibatda: piyoda – 1952 yilda tug‘ilgan R.Z. olgan tan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, piyoda – 2017 yilda tug‘ilgan R.Ye. “bosh sohasi lat yeyishi” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qodeksining 266-moddasi 2-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top