17:04 / 11.03.2022
16196
Dollarning rasmiy kursi 11 ming so‘mga yaqinlashdi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi.

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14 martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 40,70 so‘mga ko‘tarilib, 10 998,06 so‘mni tashkil qildi. Yevro 34,26 so‘mga pastlab, 12 062,67 so‘m bo‘ldi.

Rubl 2,77 so‘mga ko‘tarilib, 94,79 so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 4 mart kuni O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 10 900 so‘mdan oshgandi.

Mavzuga oid
Top