Markaziy bank xorijiy valutalarning özbek sömiga nisbatan 20 mayda amalda böladigan qiymatini belgiladi.
Unga köra, dollarning rasmiy kursi 42,37 sömga pastlab, 11 088, 20 sömni taşkil qildi. Yevro 71,20 sömga tuşib, 11 642,61 söm böldi. Rubl 2,69 sömga kötarilib, 177,91 söm böldi.

Bir kun avval dollar kursi 14,64 sömga pastlab, 11 130, 57 sömni taşkil qilgandi. Uşbu valuta kursi ketma-ket uçinçi kun pastlamoqda.
Ma’lumot uçun, Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan ilk haftalarda Özbekistonda dollar kursi barqarorligini saqlab turdi - 24 fevral kuni rasmiy kurs 10 840,28 sömni taşkil etayotgandi. Faqat 15 martga kelib dollar rasmiy kursi jiddiy ösib, 11 000 sömlik nuqtadan ötdi (11 033,03). Şundan keyingi kunlarda kurs keskinlik bilan ösib bordi - 16 martda 11 150,12 söm (+117,09), 17 martda 11 330,38 söm (+180,26 ), 18 martda 11 571,99 söm (241,61) - bu kötarilişning eng yuqori nuqtasi bölgandi. Şundan keyin kurs asta-sekinlik bilan tuşa boşladi.
Aprel oyi örtalarida 1 dollar rasmiy kursi 11 300 söm atrofida edi, aprel oyi oxiriga kelib Özbekistonda dollarning rasmiy kursi 11 200 sömdan pastga tuşdi.








