23:17 / 15.03.2022
26108
«Nasaf» BAA klubini mag‘lub etib, OChL guruh bosqichiga yo‘llanma oldi
Foto: Nasaf FK

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga o‘tish pley-off bahsi doirasida Qarshining «Nasaf» klubi Birlashgan Arab Amirliklarida mahalliy «Baniyas» klubiga qarshi saf tortdi.

Abu-Dabidagi «Baniyas Stadium»da kechgan bir o‘yindan iborat uchrashuvda OChL guruh bosqichiga chiqish yo‘llanmasi tikilgan edi. BAA chempionatining 6-o‘rinidagi jamoaga qarshi uchrashuvda «Nasaf» raqibidan kuchli ekanini ko‘rsata oldi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida qarshiliklarning rossiyalik legioneri Ivan Solovevning o‘ng qanotdan uzatgan to‘pini chap qanot himoyachisi Sherzod Nasrullayev raqib darvozasiga joylab, hisobni ochdi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limning 75-daqiqasida esa «Nasaf» yosh to‘purari Husayn Norchayev ajoyib zarbasi bilan farqni ikkitaga oshirib, Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlarining ishonchli g‘alabasini ta’minladi – 2:0.

Shu tariqa, «Nasaf» o‘tish o‘yinini muvaffaqiyatli o‘tkazib, joriy mavsumda Osiyo Chempionlar ligasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan ikkinchi klubga aylandi. Shu bilan birga Qarshi klubi o‘tgan yilgi Superliga vitse-chempioni Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasini OFK Kubogida qatnashishiga sabab bo‘lishdi.

OChL pley-off o‘tish bahsi.
«Baniyas» (BAA) – «Nasaf» - 0:2

Gollar: Sherzod Nasrullayev 27, Husayn Norchayev 75.
Bosh hakam: Ali Sabah (Iroq)
«Baniyas»: 55. Fahad Al-Dhanhani, 17.Ali Issa (45.Ahmad Robiya, 66), 4.Xolid Al-Hoshimi, 31.Sasha Ivakovich, 52.Husayn Abbos, 23.Xamis Solih, 7.Favaz Avana, 10.Nikolas Ximenes, 11.Gaston Suares, 18.Suhayl Ahmad, 70.Muhammad Rashid (42.Ahmad Abunamus, 75).
«Nasaf»: 1.Umidjon Ergashev, 8.Dilshod Saitov, 4.Husniddin Aliqulov, 92.Umar Eshmurodov, 34.Sherzod Nasrullayev, 7.Sharof Muhitdinov (18.Bahrom Abdurahimov, 68), 22.Akmal Mozgovoy, 88.Marko Stanoyevich, 77.Oybek Bozorov (Alibek Davronov, 90), 9.Ivan Solovyov (17.Suhrob Nurulloyev, 60), 10.Husayn Norchayev (99.Semir Smaylagich, 90).

Mavzuga oid
Top